Tovuq va tuxumli maffinlar

Tovuq va tuxumli maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shti va pishloq solib tayyorlangan maffinlar juda yengil ta’mli bo’lib, kaloriyasi pastligi sabab ham parhez tutuvchilar uchun ayni muddaodir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 14 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
7 ta tuxum
3 ta tuxum oqi
100 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
75 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm ko'k piyoz
50 gramm kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ko'katlarni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bitta idishga tuxum, tuxum oqi, ko'katlar, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq va tovuqli qiymani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Agarda siz silikon qolipdan foydalansangiz, unda unga ozroq yog' surtib, aralashmani quying. Agar tunuka qolipdan foydalansangiz, unda ichiga qog'ozli qolipchalardan solib chiqing. Aralashmani ustiga 1.5 sm bo'sh joy qolgunicha soling, chunki pishish jarayonida maffinlar ko'tariladi.

200 C darajada qizdirilgan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 35 daqiqa
  • Serves 12
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
7 ta tuxum
3 ta tuxum oqi
100 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
75 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm ko'k piyoz
50 gramm kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Kurka go’shtidan shnitsel
keyingi
Beshbarmoq

Fikringiz