Videoretsept: amerikancha pankeyklar

Videoretsept: amerikancha pankeyklar

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Haqiqiy amerikancha pankeyklardan qanday tayyorlash sirlarini videoretseptimizga qarab bilib olasiz.

    Tayyorlaniladigan taomga taxminan 12 000 so’m pul sarf qilinadi.*

    *narxi manba chop etilgan vatgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    2 stakan sut
    2 stakan un
    3 ta tuxum
    5 osh qoshiq shakar
    2 choy qoshiq qabartma
    3 choy qoshiq vanil shakari
    0.5 choy qoshiq tuz
    2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
    Qadam 1
    Tugllandi

    Chuqurroq idishga tuxumlarni chaqib solamiz, sanchiq yoki venchik yordamida ko'pirtirib olamiz.

    Sut, shakar, yog', vanil shakarini solamiz va aralashtirib olamiz.

    Qadam 2
    Tugllandi

    Un va qabartmani alohida idishga solib aralashtirib olamiz,

    Qadam 3
    Tugllandi

    Ikkala aralashmani birlashtiramiz va silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.

    Quyuq smetanaga o'xshash aralashma hosil bo'ladi.

    Qadam 4
    Tugllandi

    Tovani gazga qo'yib qizdiramiz, olovni o'rtadan sal pasaytiramiz, yog' solib tovani qizdirib olganimizdan so'ng esa olovni juda pasaytirib olamiz.

    Qadam 5
    Tugllandi

    Qizigan tovaga xamirdan solamiz va ilk pufakchalar hosil bo'lgunga qadar pishiramiz.

    Qadam 6
    Tugllandi

    So'ng ag'daramiz va yana 30-40 soniya qovurib olamiz.

    Pishgan pankeyklarni sevimli toppinglar - asal, murabbo yoki quyultirilgan sut bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

    Instagramdagi rasmiy sahifa: @spice.expert

    Facebookdagi rasmiy sahifa: fb.com/spice.expert

    Reklama huquqi asosida

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    2 stakan sut
    2 stakan un
    3 ta tuxum
    5 osh qoshiq shakar
    2 choy qoshiq qabartma
    3 choy qoshiq vanil shakari
    0.5 choy qoshiq tuz
    2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
    oldingi
    Gaz pechida pishirilgan quymoq (omlet)
    keyingi
    Mak solib pishirilgan oshirma pirog

    Fikringiz