Gaz pechida pishirilgan quymoq (omlet)

Gaz pechida pishirilgan quymoq (omlet)

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu quymoq fransuz oshxonasining durdonasidir. Serhavo va shishib chiqadigan bu quymoqqa un ham, kraxmal ham solinmaydi.

Quymoq shishib, xuddi suflega oʻxshab chiqishining bir nechta siri mavjud boʻlib, bizlar bajonidil bu sirni sizlarga ham oshkor etamiz.

Masalliqlar:

4 ta tuxum
300 millilitr sut
100 millilitr qaymoq
60 gramm sariyog'
taʼbga qarab tuz
birga tortish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugllandi

Mahsulotlar bir xil haroratda boʻlishi uchun ularni oldinroq sovutgichdan olib qoʻyamiz. Gaz pechini 220 C darajaga yoqib qoʻyamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Har bir tuxumga 100 millilitrdan sut oʻlchab olamiz. Agarda sut unchalik yili boʻlmasa, unda 33-35% yogʻli qaymoq bilan 1:3 hisobda aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tuxumlarni venchik yili sanchiq yordamida silliq koʻpik koʻrinishiga kirguncha koʻpirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxum va sut bilan qaymoqni aralashtirib olamiz, tuz sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Quymoqni qolipga quyib, 220 C darajada 15 daqiqa davomida pishiramiz.

Tayyor boʻlgandan soʻng ustiga sariyogʻni surtamiz.

Boʻlaklarga boʻlib, isteʼmol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tuxum
300 millilitr sut
100 millilitr qaymoq
60 gramm sariyog'
taʼbga qarab tuz
birga tortish uchun ko'katlar
oldingi
Videoretsept: apelsinli maffinlar
keyingi
Videoretsept: amerikancha pankeyklar

Fikringiz