Aprel: 4-hafta taomnomasi
Agar siz har bir ishni reja asosida bajarsangiz, unda bu taomnoma siz uchun. Tezroq o’zingizga 1 haftalik taomnomani saqlab qo’ying va hafta davomida nima ovqat qilish ustida bosh qotirmang.
Dushanba
Frikadelkali toblatma
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi. Bu taom uchun qiymasiga xohlagan ziravorlaringizdan solishingiz mumkin.
Seshanba
Tovuq go’shtidan pishirilgan «Chaxoxbili» taomi
Chaxoxbili – bu butun dunyoda mashhur gruzincha taom bo’lib, hatto bizning mamalakatda ham u sevib iste’mol qilinadi. Bu taomni tayyorlashning ko’pgina usullari bo’lib, bugun biz eng sodda variantini taqdim etamiz.
Chorshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva
Turkcha taomlar juda mazali bo’lib, ularning butun dunyo bo’yicha sevib iste’mol qilinishi hech kimga sir emas. Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Payshanab
Italyancha pomidor qaylali spagetti
Bu ovqatning «tez va oddiy tayyorlanilishi, shu bilan birga juda mazzaliligi» xuddi barcha italyan oshxonalaridek o’ziga xos xususiyatdir. Bu ovqat bor yo’g’i 15-20 daqiqada tayyorlansada, ta’mi juda betakror hisoblanadi.
Juma
Pigodi – koreyscha taom
Bu unchalik ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan hamyonbop taomligi bilan barchani xursand qilsa, ajoyib ta’mi esa sizni undan yana va yana tayyorlashga undashi, shubhasiz.
Shanba
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Ko’pchilik ayollarimiz oddiy masalliqlardan noodatiy ta’m va ko’rinishdagi taomlardan tayyorlashni xohlashadi. Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Yakshanba
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko’rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun! Kutilmagan mehmonlar tashrif buyurganda, shuningdek taom tayyorlash uchun ko’p vaqtingiz bo’lmasa, tezpishar taom retsepti sizning ko’makchingizga aylanadi.