fbpx
Baqlajon va tovuqdan iliq salat

Baqlajon va tovuqdan iliq salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Barcha salatlardan tayyorlab ko’rib, qandaydir yangicharoq retsept qidirish payidamisiz? Unday bo’lsa baqlajon va tovuqli iliq salat retsepti sizga qo’l keladi.

Bunday to’yimli salat bemalol asosiy ovqatning ham o’rnini bosa oladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

250 gramm tovuq go'shti
180 gramm baqlajon
280 gramm pomidor
200 gramm bodring
40 gramm qizil piyoz yoki oddiy
ta'bga qarab tuz va murch
Aralashmasiga:
100 millilitr smetana
15 millilitr soya qaylasi
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
3 shoxcha shivit
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq go'shtini yuvib, 40 daqiqa davomida tuzli suvda qaynatib olamiz. So'ng esa o'rtacha kattalikda to'g'rab chiqamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pomidor va bodringni to'rtburchak, piyozni esa yarim halqa shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Baqlajonlarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lib, yog' quyilgan gril tovada qovurib olamiz. So'ng esa o'rtacha kattalikda to'g'rab chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Aralashmasiga:

Sarimsoq va shivitni mayn to'g'rab olamiz va soya qaylasi, smetana bilan birga aralashtirib olamiz. Bir chimdim tuz qo'shamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Barcha masalliqlarni likopchaga solamiz, ustidan smetanali aralashmani quyamiz. Ta'bga qarab, yana tuz va murch sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm tovuq go'shti
180 gramm baqlajon
280 gramm pomidor
200 gramm bodring
40 gramm qizil piyoz yoki oddiy
ta'bga qarab tuz va murch
Aralashmasiga:
100 millilitr smetana
15 millilitr soya qaylasi
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
3 shoxcha shivit
oldingi
Shokolad asosli tart
keyingi
Videoretsept: qo’ziqorin va tovuqli lazanya

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz