Mart: 2-hafta taomnomasi
Aziz pazandalar, zira uz sizning og’iringizni yengil qilish maqsadida yangi hafta uchun yangi taomnoma ro’yxatini taqdim etadi. Marhamat!
Dushanba
Kesma-lag’mon
Ushbu taomning o’zgachaligi xamirini oson tayyorlanishida. Qaylasiga solinadigan sabzavot va ko’katlarni esa o’z hoxushingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
Seshanba
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
Bu tez tayyorlash mumkin bo’lgan taom bo’lib, retseptlarga to’liq amal qilinsa va yangi mahsulotlardan foydalanilsa, natijasi sizni har doim quvontiradi.
Chorshanba
Qovurma sho’rva
Ushbu sho’rvani “o’zbek klassikasi” deb ham atash mumkin, chunki bu taom deyarli barcha o’zbek oilalarida tayyorlanadi. Xushtam sho’rva, yaxshi qovurilgan sabzavotlar va tayyorlanishi qiyin bo’lmagan retsept sizga yoqishi aniq.
Payshanba
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Siz ushbu taomga 15 daqiqa vaqtingiz va mehnatingizni ketkazsangiz bas, qolganini gaz pechi bajaradi.
Bunday usulda pishirilgan tovuq go’shti og’izda eriydigan bo’lib pishadi, yaqinlaringiz esa taomni yana pishirishingizni so’rashadi.
Juma
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan,tunets balig’idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti. Sousli makaronlar tezpishar va oson tayyorlanadigan taomlardan biri bo’lgani uchun, tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlar uchun asqotishi aniq.
Shanba
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.
Yakshanba
Qozon-kabob
Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?