fbpx
Osiyocha «Fattush» salati

Osiyocha «Fattush» salati

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Osiyocha iliq non bo’laklari va yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlaniladigan bu salat Livan aholisining eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Arab amirliklarida ham bu salat xuddi «Tabule» kabi ommalashgan salatlardan biri hisoblanadi. 

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta pita noni
400 gramm bodring
10 dona rediska
10 dona pomidor cherry
1 bosh piyoz
20 gramm petrushka
20 gramm yalpiz
Aralashmasiga:
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
6 osh qoshiq zaytun moyi
2 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Cherri pomidorlarini teng ikkiga bo'lamiz, bodring va rediskani parrak qilib to'g'raymiz. Ko'katlarning qattiq joyini kesib tashlab, barglarini mayda qilib to'g'raymiz. Piyozni yarim halqalarga kesib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga bir-ikki tomchi o'simlik yog'idan quyib, pitalarni qovurib olamiz. Har bir tomonini taxminan 30-60 soniyadan qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmasiga:

Sarimsoqpiyoz tishchasini mayda to'g'rab olamiz.

Aralashmasiga kerakli masalliqlarni hammasini bitta idishga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Salatning barcha masalliqlarini likopchaga solamiz, ustidan aralashmasini quyamiz va qovurilgan pita nonini bo'laklarga bo'lib solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta pita noni
400 gramm bodring
10 dona rediska
10 dona pomidor cherry
1 bosh piyoz
20 gramm petrushka
20 gramm yalpiz
Aralashmasiga:
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
6 osh qoshiq zaytun moyi
2 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: yong’oqli gata
keyingi
Videoretsept: yong’oq va mayizli rulet

Fikringiz