Avgust: 5-hafta taomnomasi
Hafta taomnomali ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila bir xillikdan qutuladi, uy bekasi tayyorlashdagi asabbuzarliklardan qutuladi qarabsizki butun oila a’zolari mamnun.
Biz esa sizga tayyor hafta taomnomasini taqdim etamiz.
Dushanba
Baqlajon va pomidorlar bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom
Baqlajonlar bilan dimlab pishirilgan bu taomning go’shti juda yumshab pishadi. Kavkaz oshxonasiga tegishli bu taom sizga ham yoqishi aniq.
Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat
Seshanba
Tovuq go’shtidan pishirilgan «Chaxoxbili» taomi
Chaxoxbili – bu butun dunyoda mashhur gruzincha taom bo’lib, hatto bizning mamalakatda ham u sevib iste’mol qilinadi. Bu taomni tayyorlashning ko’pgina usullari bo’lib, bugun biz eng sodda variantini taqdim etamiz.
Malinali moxito
Chorshanba
Italyancha pomidor qaylali spagetti
Bu ovqatning «tez va oddiy tayyorlanilishi, shu bilan birga juda mazzaliligi» xuddi barcha italyan oshxonalaridek o’ziga xos xususiyatdir. Bu ovqat bor yo’g’i 15-20 daqiqada tayyorlansada, ta’mi juda betakror hisoblanadi.
Dolchinli o’rama bulochkalar
Payshanba
Uyg’urcha lag’mon
Uyg’urcha lag’mon ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, lekin uning tayyorlanish usullari shu qadar ko’p va turlicha bo’lib, bugun sizlarga uning eng mazali retseptini taqdim etishga harakat qilamiz.
Meksikancha salat
Juma
Ko’zachada pishirilgan tovuq
Ko’zachalarda tayyorlaniladigan bu taom juda mazali bo’lib, ajoyib ko’rinishi bilan ko’pchilikni qiziqtirsa ajab emas!
Achchiq qaylali baqlajonlar
Shanba
«Dangasa» do’lmalar
Bunday usulda pishirilgan taomning qanchalik mazali ekanligiga balkim sizlarni ishontirish qiyindir, ammo bir marotaba tayyorlasangiz bas, bunday do’lmalar sizning shohona taomingizga aylanishi aniq.
«Kartoshka» pishirig’i
Yakshanba
Bayramona tovuqli rulet
Bu rulet bizlarning eng sevimli taomlarimiz safiga kiradi. Bedana tuxumlari solingan bu rulet har qanday dasturxonga ko’rk bersa, uning mazali ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmaydi.