Uyda tayyorlaymiz: karamdan tayyorlangan salatlar
Tarkibida C vitamini mavjud bo’lgan sabzavot va ko’katlardan ko’proq iste’mol qilish kerak ekanligini eshitdingizmi? Shunday ekan zira uz karam va sabzavotlardan tayyorlangan eng mazali va foydali salatlar retseptlarini taqdim etadi.
Qizil boshli karam va rukkoladan salat
Qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat vitaminlarga juda ham boy bo’lib, ko’pchilikka yoqishi aniq.
Bodring va karamli salat
Bu salatga xohlagan mahsulotlardan solib, salatni yanada mazaliroq qilish mumkin. Masalan, yashil no’xat, makkajo’xori yoki pomidor. Asosiysi, nima solsa ham bu salat juda xushta’m chiqadi.
«Koul Slou» salati
«Koul Slou» bu karamdan tayyorlaniladigan amerikancha salat bo’lib, uni asosan burgerlar va grillda pishirilgan go’sht bilan tanovvul qilishadi.
Karam va pomidirli salat
Bir necha daqiqani oluvchi karam va pomidordan ajoyib salat. Bunday salatni tushlikka yoki kechki ovqatga tayyorlang va isteʼmol qiling.
Meksikancha salat
Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo’l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi.
Makkajo’xori va loviyali salat
Konservalangan loviya va makkajo’xoridan tayyorlaniladigan salat juda to’yimli bo’lib, ovqat o’rnini ham bemalol bosa oladi.
Pekin karami va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Sabzavotlardan tayyorlangan bu salat nafaqat foydali, balki juda yengil va lazzatli ta’mda chiqadi.