Makkajo’xori va loviyali salat

Makkajo’xori va loviyali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Konservalangan loviya va makkajo’xoridan tayyorlaniladigan salat juda to’yimli bo’lib, ovqat o’rnini ham bemalol bosa oladi.

Shuningdek uning tez va oson tayyorlanilishi ham ko’pchilikka yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250-300 gramm tovuq filesi
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
0.5 banka konservalangan loviya
yarimta pekin karami
200 gramm 20% yog'li smetana
yarim bog' shivit yoki kashnich
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
60 gramm suxarilar
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq go'shtini 30 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz. So'ng sovutib, to'g'raymiz va tog'orachaga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Konservalangan makkajo'xori va loviyani ham suvini to'kib tashlab, tog'orachaga solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pekin karamini yashil qismini to'g'rab, uni ham masalliqlarning ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qaylasi uchun smetana, sarimsoq piyoz va to'g'ralgan ko'katlarni alohida idishchaga solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qaylani masalliqlarning ustidan solamiz va aralashtiramiz. Likopchaga solib, ustidan suxariklar sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250-300 gramm tovuq filesi
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
0.5 banka konservalangan loviya
yarimta pekin karami
200 gramm 20% yog'li smetana
yarim bog' shivit yoki kashnich
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
60 gramm suxarilar
oldingi
Videoretsept: G’ijduvoncha kabob
keyingi
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar

Fikringiz