Eng sara teftel va frikadelkali taomlar ro’yxati
Agar oddiy taomlardan charchagan bo’lsangiz, unda taomnomangizni frikadelka yoki teftellar bilan boyitishingizni maslahat beramiz.
Bizning ushbu ro’yxatimizda har kimning ta’biga mos keladigan teftel va frikadelkalardan tayyorlanadigan taomlar mavjud. Kiring, ilhomlaning va albatta biz bilan tayyorlang!
Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar
Agar quyuq taom bilan barchani hayratga solmoqchi bo’lsangiz, unda sizga»Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar» yordam berishi aniq.
Osiyocha lapshali frikadelkalar
Bunday g’ayrioddiy frikadelkalarning siri uning maxsus qaylasidadir. Ushbu qaylani siz uyda bemalol tayyorlay olasiz. Faqatgina bizning retseptimizdan uni qanday tayyorlanishini bilib olsangiz bas.
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar bu ko’pchilik sevib iste’mol qiladigan taomlardan biridir. Shuningdek, uning tayyorlash jarayoni juda ham oson bo’lib, bunda hech qanday qiyinchilikka uchramaysiz.
Frikadelkali toblatma
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.
Mol go’shtidan tayyorlangan teftellar
Teftellar yoki «go’shtli tipratikonchalar» juda mazali va to’yimli taom bo’lib, ularni tayyorlash jarayoni esa faqatgina zavq bag’ishlaydi.
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar
Frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.Xohishga qarab siz 4 ta katta pomidorlardan foydalanishingiz ham mumkin. Bunda ularni po’stidan ajratib, blenderda maydalab olasiz.
Pishloq-qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq go’shtidan teftellar
Qaymoq va pishloqli qaylada pishirilgan teftellar mazali taom bo’libgina qolmasdan, balki juda foydali hamdir. Bunda teftellar qovurilmaydi, aksincha pechda pishirib olinadi.