fbpx
Pishloq-qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq go’shtidan teftellar

Pishloq-qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq go’shtidan teftellar

Masalliqlar:

  • Qaymoqli qaylasi uchun:

Yo’nalishlar

Qaymoq va pishloqli qaylada pishirilgan teftellar mazali taom bo’libgina qolmasdan, balki juda foydali hamdir. Bunda teftellar qovurilmaydi, aksincha pechda pishirib olinadi.

Tayyorlash jaroyini esa tez va oson bo’lib, salat yoki kartoshkali pyure bilan birga tortilsa nur ustiga a’lo nur bo’ladi!

Quyidagi masalliqlardan 15-16 dona teftellar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 30 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
1 dona tuxum
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona oq non bo'laklari (tost)
2-3 osh qoshiq sut
0.5 choy qoshiq karri ziravori
ta'bga qarab tuz va murch
belab olish uchun un
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaymoqli qaylasi uchun:
250 millilitr 15-20 % li qaymoq
120 gramm pishloq
ozroq shivit
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Go'shtni katta-katta bo'laklarga bo'lib olamiz va oshxona bolg'achasi yordamida "urib" chiqamiz. Shunda go'sht yanada mayinroq bo'lib pishadi.

Qadam 2
Tugllandi

Go'sht va piyozni juda mayda qilib to'g'raymiz va tog'orachaga solamiz. Sarimsoq piyozni ham ezib ustidan solamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Nonni ham maydalab, sutga ivitib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxumni chaqib piyolaga solamiz, karri ziravorini sepib, sanchiqda ko'pirtirib olamiz. So'ng ivitilgan baton bilan birga qiyma ustidan solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qiyma yopishqoq bo'lgani uchun qoshiqda olamiz va aylana shaklga keltirib, unga belab olamiz.

So'ng yog' surtilgan qolipga terib chiqamiz (bizlar aylanasi 26 sm li qolipdan foydalandik).

Qadam 6
Tugllandi

190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Qaylasini tayyorlab olamiz:

Qaymoq ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib solamiz. To'g'ralgan shivitni ham solib, tuz va murch sepamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pechdan teftellarni olib, ustidan qaylani quyamiz. Yana pechga qo'yib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
1 dona tuxum
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona oq non bo'laklari (tost)
2-3 osh qoshiq sut
0.5 choy qoshiq karri ziravori
ta'bga qarab tuz va murch
belab olish uchun un
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaymoqli qaylasi uchun:
250 millilitr 15-20 % li qaymoq
120 gramm pishloq
ozroq shivit
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qulupnayli muss
keyingi
Shokolad-yalpizli pechenyelar

Fikringiz