Iyun: 2-hafta taomnomasi

Taomnoma tuzayotganda nafaqat oila a’zolarining istagiga, balki mavsumga ham e’tibor berish kerak. Yoz mavsumi eng barakali mavsum bo’lib, unda deyarli barcha meva-yu sabzavotlar mo’l ko’l bo’ladi.
Ammo yozda issiq ob-havo tufayli bekajonlarimiz tezroq taomni tayyorlasam-u, oshxonadan chiqsam deb turishadi. Biz sizning og’iringizni yengil qilish maqsadida barcha qulaylik va noqulayliklarni inobatga olib, mavsumiy maqsulotlardan tez va oson tayyor bo’ladigan taomlar ro’yxatini tuzib qo’yganmiz.
Tezroq o’zingizga saqlab qo’ying!
Dushanba
Tovuqli ramyon
Agarda bir xillik joningizga tekkan bo’lsa, unda mana bu yangicha taom unga rang-baranglik kiritsa ajab emas.
Qatlama xamir ichida pishirilgan tovuq oyoqchalari
Seshanba
Qiymali ratatuy taomi
Sabzavotlarning g’arq pishgan mavsumida ulardan mazali va foydali taomlar tayyorlashga shoshiling. Ana shunday taomlardan biri bu ratatuy taomidir.
Lavashli shtrudel
Chorshanba
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq
Tovuq sonlarini eng mazali qilib pishirish usullaridan biri uni xushbo’y qaymoqli qaylada pishirishdir. Qayladagi sarimsoqpiyoz va ziravorlar tovuqning yanada lazzatli va sersuv chiqishini ta’minlaydi.
Qizil lavlagi va yong’oqdan tayyorlangan salat
Payshanba
Okroshka
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi.Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka. Biz bugun qaynatilgan kolbasa, qatiq va mineral suv solib tayyorlaniladigan turini tayyorlaymiz.
Bodring va karamli salat
Juma
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom
Sharqona usulda qovurilgan guruch va tovuqli taom dunyo bo’yicha ko’plab xitoycha restoranlarda tortiladi. Bunday taom xuddi biz xohlagandek – mazali, tez va juda oson tayyorlaniladi!
Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong’oqli pishiriqlar
Shanba
Tovada makaronlar bilan pishirilgan tovuq go’shti
Ishdan charchab kelganingizda oson tayyorlaniladigan hozirgi bu taomimiz sizni qo’llashi aniq. Bu taom juda to’yimli bo’lib, tushlikda ajoyib tanlov sanaladi.
Maroqandcha pomidorli salat
Yakshanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi
Bugungi bizning taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.