8 ta tez tayyor bo’ladigan pirog retseptlari
Uyda pirog tayyorlash – oila a’zolaringiz uchun kutilmagan bayram hadya etish uchun sabab bo’la olmaydimi? Axir, oshxonadan taralyotgan xushbo’y pishiriq hididan boshqa yoqimliroq narsa yo’q.
Usbu piroglar har kimda, har doim ham o’xshaydi. Asosiysi ortiqcha urunishlar, ko’p vaqt va noyob masalliqlarni talab etmaydi.
Tovuq va pishloqli pirog
Qatlama xamirli piroglar – uning uchun xamirni do’konlardan sotib olish mumkinligi bilan yaxshi.
Asosini ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin: pomidor bilan pishloq, kolbasa yoki kurka go’shti bilan pishloq, tovuq bilan qo’ziqorin.
Tvorogli pirog
Ushbu pirogning asosi tabiiy tvorogdan tayyorlanadi, shunday ekan uni bolalar va barcha yoshdagi kattalr sevib iste’mol qilishadi.
Karam va kolbasadan tayyorlanilgan pirog
Ushbu retseptimizda biz tayyor oshirma xamirdan foydalanganmiz, siz ham shunday qilsangiz yoki xamirni o’zingiz tayyorlasangiz bo’ladi.
Karamli piroglar bahoriy taom hisoblanib, har doim sersuv bo’lib pishadi.
Olmali pirog (Svetayevskiy)
Olmali piroglarni barcha yoqtiradi. Ammo ularning orasida eng mashhuri mana shu pirog bo’lib, u juda oson va tez tayyorlanadi. Ta’mi esa barchani lol qoldiradi.
Videoretsept: go’shtli pirog
Bunday pirog xamiri juda yumshoq chiqib, og’zingizda erib ketadi. Bunday pirog asosini qiyma va piyozdan tayyorladik. Shuning xohishga qarab, kartoshka ham solish mumkin.
Oddiy olmali pirog
Sizning oilaviy choy ziyofatlaringizda tez-tez mehmon bo’lib turadigan olma pirogi.
Aytgancha, siz bolalaringizni chaqirib, «Pirogni olma bilan bezash» topshirig’ini berishingiz mumkin, ishoning, ular bo’laklarni faqat ularga tushunarli bo’lgan tartibda joylashtirishni yaxshi ko’radilar.
Olma-sitrus mevali pirog
Ichi mevalar bilan to’la, shirin-nordon ta’mli piroglarni yoqtirsangiz, unda bu retseptimiz aynan siz uchun!
Jeymi Oliver retsepti asosida pishirilgan kish
Kish – bizga yaxshi tanish bo’lgan piroglarning ajoyib analogidir. Unibg asosi uchun muzlatgichda bor har qanday narsadan foydalanishingiz mumkin.
Kish xamirini ko’proq tayyorlab, muzlatgichda saqlash mumkin, keyin pishirish jarayoni yanada tezroq bo’ladi. Eng asosiysi, xamirni muzlatgichdan tayyorlashdan bir kun oldin olib qo’yish muhim.