fbpx
Tovuq va pishloqli pirog

Tovuq va pishloqli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz yoqtirgan qatlamali xamirdan tayyorlangan pirog retseptini e’tiboringizga havola etamiz. Asosi uchun tovuq go’shti va pishloqdan foydalanamiz.
Pirog juda tez va oson tayyorlanadi. Uni nonushta yoki asosiy taomga qo’shimcha sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi 28000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tayyor xamirni xona haroratida eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yarim dumaloq shaklida to'g'rab, o'simlik yog'ida yumshagunicha qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, tovuq go'shtini qo'lda tolalarga ajratamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idishda tovuq go'shti, piyoz, pishloqni aralashtirib, ko'katlar tuz va murch solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, o'rtasiga tovuqli asosni joylashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning bo'sh yonlarini 1-1,5 santimetr kenglikdagi egri chiziqlar shaklida kesib chiqamiz va yuqoridan boshlab navbatma-navbat avval o'ng, so'ngra chap tarafdagi chiziqlar bilan asos ustini yopib chiqamiz. Xuddi soch o'rish kabi.

Qadam 7
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz va 180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga pirog oltin rang tusga kirgunicha yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Serves 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: somsa «Trio»
keyingi
Videoretsept:shokoladli profitrolilar

Fikringiz