fbpx
Videoretsept: Olmali pirog (Svetayevskiy)

Videoretsept: Olmali pirog (Svetayevskiy)

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Quymasiga:

Yo’nalishlar

Mana bunday pirog shu darajada mazaliki, har qanday mana man degan pirog va tortlardan bemalol o’zib ketadi. Lekin shunga qaramasdan bunday pirogni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Og’izda erib ketuvchi xamir, olma va krem esa betakror uyg’unlikni tashkil qiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
160 gramm un
100 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm smetana
Quymasiga:
1 ta tuxum
150 gramm shakar
150 gramm smetana
3-4 dona olma
2 osh qoshiq un
1-2 choy qoshiq dolchin
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Kombayn idishiga eritilgan sariyog', un va smetanani solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Xamir aylana shaklga kirguniga qadar aralashtiramiz.

Agarda siz mikserdan foydalansangiz, unda uning keksga mo'ljallangan uchligidan foylananing.

Xamirni aylanasi 25-28 sm kattalikdagi qolipga yoyib chiqamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Olmalarni po'stini archib, to'rtbuchak shaklda to'g'raymiz. Yoyilgan xamir ustidan sepib chiqamiz.

Eslatma: bunda siz shirin yoki nordon ta'mli olmalardan xohlaganingizni solishingiz mumkin. Har ikkalasida ham pirog juda mazali chiqadi.

Qadam 3
Tugllandi

Quymasi uchun shakar bilan tuxumni mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz. So'ng smetanani ham solib, yana bir bor aralashtirib olamiz. Unni ham sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Olmalarning ustidan aralashmamizni quyib chiqamiz, ustidan dolchin sepamiz va pechga qo'yib, 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Serves 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
160 gramm un
100 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm smetana
Quymasiga:
1 ta tuxum
150 gramm shakar
150 gramm smetana
3-4 dona olma
2 osh qoshiq un
1-2 choy qoshiq dolchin
oldingi
Oddiy usulda pishirilgan chiabatta
keyingi
Qiyma va qo’ziqorinli sho’rva

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz