Assalom Navro’z: navro’z bayrami uchun taomlar ro’yxati
O’lkamizga bahorning eng katta bayrami, Navro’zi olam yaqinlashib kelmoqda. Bayram arafasida pazandalarimiz bayram dasturxonini tuzish bilan band bo’lishadi. Biz sizga bunda yordam bermoqchimiz. Navro’z dasturxoni uchun tuzilgan taomlar ro’yxatini qabul qiling
Toshkentcha palov
Osh milliy taomlarimizning eng mazalisi va sevimlisi hisoblanib, hech qanday tadbir bu taomsiz o’tmaydi, shuningdek navro’z ham.
Tayyor xamirdan pishirilgan piyozli qatlama
Bayram dasturxoni uchun odatda bekajonlarimiz ko’p vaqt va kuch sarflashadi. Biz esa vaqt va kuchni tejash uchun tayyor xamirdan tayyorlangan piyozli qatlama tayyorlashingizni maslahat beramiz.
Ko’k somsa
Navro’z bayramini o’zimizning ko’k somsalarimizsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi somsalarning xamirini tayyorlash esa ko’pchilik uchun yangilik bo’lsa ajab emas!
Qovurilgan chuchvara
Bunday chuchvaralarning ham turlari juda ko’p bo’lib, bugun sizlarga bayram dasturxoni uchun eng oddiy usulini taqdim qilamiz.
Gulxonim
Ushbu gulxonim oddiy xonimdan noodatiy ko’rinishi bilan farq qiladi. Aynan shuning uchun ham gulxonimni bemalol bayram dasturxoniga tortishingiz mumkin.
Chak-chak
Chak-chak ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! U navro’z bayrami dasturxonida alohida o’rin egallaydi.
Xolvaytar
Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milliy bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.