fbpx
Xolvaytar

Xolvaytar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.

Bunday shirinlikni tayyorlash esa juda oson bo’lib, asosiysi sabrli bo’lishning o’zi kifoya.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 3 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 stakan un
100 millilitr o'simlik yog'i
1 stakan shakar
3-4 stakan suv
Qadam 1
Tugllandi

Qozonni gazga qo'yib, qizdirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Unni elab sepamiz va o'simlik yog'ini quyamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kapkirda yaxshilab kovlab, o'rtacha olovda kovlab turamiz.

Massa shokoladsimon tusga kirguniga qadar qovuraveramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Shakarni qaynagan suvga solib aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qovurilayotgan aralashmamiz biz xohlagan tusga kirganidan so'ng tayyorlab qo'ygan shakarli suvimizni quyib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng past olovda quyulgunga qadar kovlab qaynatamiz.

Xohishga qarab, dolchin yoki vanilindan qo'shish mumkin. Ular xolvaytarni yanada xushbo'yroq chiqishini ta'minlaydi.

Qadam 7
Tugllandi

Aralashmamiz quyuq smetanaga o'xshab qolgandan so'ng, likopchalarga quyamiz va sovishi uchun olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 stakan un
100 millilitr o'simlik yog'i
1 stakan shakar
3-4 stakan suv
oldingi
Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan go’shtli somsa
keyingi
Videoretsept: Uyda tayyorlangan qatlama xamirdan pishirilgan ko’k somsa

Fikringiz