Yanvar 4-hafta taomnomasi
Yangi hafta uchun taomnoma tuzish haqida bosh qotirishingizni keragi yo’q. Chunki biz siz uchun taomnomani allaqachon tayyor qilib qo’yganmiz. Marhamat!
Dushanba
Qovurma sho’rva
Xushtam sho’rva, yaxshi qovurilgan sabzavotlar va tayyorlanishi qiyin bo’lmagan retsept sizga yoqishi aniq.
Bodring va ko’katli salat
Banan va shokoladli keks
Seshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan mol go’shti
Ushbu taomnning tayyorlanishi oson, lekin uzoq vaqt talab qiladi. Ammo taom kutishingizga arziydi.
Mevali salat
Chorshanba
Tovuq va qo’ziqorinli “Alfredo” Fettuchini taomi
Mayin qayla ostida tayyorlanilgan pasta o’zining mazasi bilan barchani xushnud qilishi aniq.
Glazurlangan siroklar
Payshanba
O’zbekcha ugra-osh sho’rvasi
Sovuq kunlarda uyda tayyorlangan o’zbekcha issiq ugra-oshidan boshqa nima yaxshiroq bo’lishi mumkin?
Qatlamali xamirdan somsalar
Juma
Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom
Hildirab pishgan mana bunday ko’rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko’tarishi aniq!
Turkcha qovoqli shirinlik
Shanba
Xamir xasip
Xamir xasip juda to’yimli va mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, u o’zining ajoyib ko’rinishi bilan har bir dasturxonga ko’rk beradi.
“Mujskoy kapriz” salati
Yakshanba
Izmircha kotletlar
Pomidorli pastali qaylada pishgan bu taom sersuvligi va mayinligi bilan bolalarga ham, yoshi katta insonlarga ham juda yoqadi.
Tayoqchali merenga bezesi
Yoqimli ishtaha!