Yanvar: 1-hafta taomnomasi
Barchaga tanish va hamyonbop taomlar endi yangi ko’rinishda!
Agarda taomnomangizga yangilik kiritishdan cho’chisangiz, ammo bir xil ko’rinishdan ham charchagan bo’lsangiz, demak ushbu haftalik taomlar to’plami aynan Siz uchun!
Dushanba
No’xatli quyuq sho’rva
Nut solib pishiriladigan sho’rva salqin kunlarda iste’mol qilishga juda qo’l keladi. Bunday yegulik taomnomangizni boyitib, sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq.
Seshanba
Uyda tayyorlanilgan lapshalar solingan tovuqli sho’rva
Uyda tayyorlangan lapshalar bilan pishirilgan tovuqli sho’rva juda mazali bo’lib, ko’p masalliqlarni talab etmaydi.
Chorshanba
Dimlama
Dimlama – o’zbek milliy taomlaridan biri bo’lib, rang-barang sabzavotlardan tayyorlaniladi va ayniqsa yoshi katta insonlar orasida juda sevib iste’mol qilinadi.
Payshanba
Moshxo’rdali krem-sho’rva
Moshxo’rda juda ham sevimli taomligi hech kimga sir emas. Lekin bu taomni o’zgacha va noodatiy tarzda uzatsangiz, barchaga, shu jumladan, yoshi katta va kichiklarga yoqishi aniq.Taomni qulay tomoni shundaki, kichkintoylarga ham istemol qilish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Juma
Kartoshkali kotletlar
Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko’rinishdagi yegulik bo’lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo’shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin.
Shanba
Lavashdan qilingan toblatma
Tayyor lavash xamiri bo’sh vaqti kam bekajonlar uchun tengsiz yordamchi sanaladi. Mana bunday lavashli toblatma esa ajoyib nonushta yoki kechki taom bo’la oladi.
Yakshanba
Videoretsept: Qozon-kabob
Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.