Uyda tayyorlanilgan lapshalar solingan tovuqli sho’rva

Uyda tayyorlanilgan lapshalar solingan tovuqli sho’rva

Masalliqlar:

  • Bulyoniga:

  • Lapshasiga:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlangan lapshalar bilan pishirilgan tovuqli sho’rva juda mazali bo’lib, ko’p masalliqlarni talab etmaydi.

Bunda bizga tovuq va uyda tayyorlanilgan mazali lapshalar kerak bo’ladi.

Lapshani esa bizning batafsil retseptimizga tayanib tayyorlashni tavsiya etamiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Bulyoniga:
yarimta tovuq
1 bosh piyoz piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
tortish uchun esa ko'katlar
Lapshasiga:
2 ta tuxum
200 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugllandi

Tovuqni yuvib, bo'laklarga bo'lamiz va qozonga solamiz. Ustidan suv quyib, gaz ustiga qo'yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qaynagandan so'ng ustidagi ko'pigini olib tashlaymiz va tuz, murch donachalari, butun piyozni solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qopqog'ini yopib, past olovda tovuq tayyor bo'lguniga qadar pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pishgandan so'ng tovuq va piyozni sho'rvadan olamiz. Tovuqni kichik bo'lakchalarga bo'lamiz. Bulyoniga lapshadan solamiz. Agar lapsha endi tayyorlanilgan bo'lsa bir daqiqa, agar avvaldan tayyorlanilgan quruq bo'lsa, unda 3-5 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tayyor taomni suzib, dasturxonaga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Bulyoniga:
yarimta tovuq
1 bosh piyoz piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
tortish uchun esa ko'katlar
Lapshasiga:
2 ta tuxum
200 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
oldingi
Qovurilgan bananli tostlar
keyingi
Chia urug’chalaridan solib tayyorlangan 4 xil pudinglar

Fikringiz