fbpx
No’xatli quyuq sho’rva

No’xatli quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nut solib pishiriladigan sho’rva salqin kunlarda iste’mol qilishga juda qo’l keladi. Bunday yegulik taomnomangizni boyitib, sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

1 kilo mol go'shti kachalka
0.5 kilo nut no'xati
1 bog' selderey
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona qizil bulg'or qalampiri
3 ta pomidor
ta'bga qarab qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq qozonga nut, go'sht (butunligicha) va taxminan 10-12 litr suv quyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baland olovga qo'yib qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng ko'pigini olib tashlaymiz. Olovni o'rtacha qilib, 30 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Go'shtni qozondan olamiz va o'rtacha bo'laklarga bo'lib chiqamiz. So'ng yana qozonga solamiz.

Shunda no'xat va go'sht bir vaqtda pishadi.

Qadam 5
Tugallandi

Tuz va much sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sarimsoqpiyoz, pomidor, qizil bulg'or qalampiri va seldereyni juda mayda qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

To'liq pishguniga qadar qaynatamiz. Pishgan ovqatga to'g'ralgan seldereydan sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo mol go'shti kachalka
0.5 kilo nut no'xati
1 bog' selderey
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona qizil bulg'or qalampiri
3 ta pomidor
ta'bga qarab qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
oldingi
Gollandcha olmali keks
keyingi
Videoretsept: Qatlamali xamirdan qilingan tovuq va qo’ziqorinli somsa

Fikringiz