Noyabr: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’ying va anchagina vaqtingizni tejang.
Dushanba
Kotletlar va mazali salat
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi. Bugun aynan
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va motsarella va ismaloqdan salat
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
«Dangasa» do’lmalar, konservalangan loviya va makkajo’xorili salat
Do’lma tugishni xush ko’rmaydiganlar yoki erinadigan ayollarimiz uchun juda ajoyib do’lma retsepti! Bunday usulda pishirilgan taomning qanchalik mazali ekanligiga balkim sizlarni ishontirish qiyindir, ammo bir marotaba tayyorlasangiz bas, bunday do’lmalar sizning shohona taomingizga aylanishi aniq.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi, Rediska solingan kartoshkali iliq salat
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari, tuxum va rediskali salat. Ismaloq va pishloq solib pishirilgan bulochkalar
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.