fbpx
Ismaloq va pishloq solib pishirilgan bulochkalar

Ismaloq va pishloq solib pishirilgan bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Yangicha yegulikdan pishirishni xohlasangiz, unda hech ikkilanmasdan ismaloq va pishloqli bulochkalardan tayyorlab ko’ring.

Bunday bulochkalarni ertalabgi nonushtada ham, tushlikda sho’rvalar bilan birga iste’mol qilishga juda qulaydir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 24 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 gramm un
5 gramm quruq xamirturush
5 gramm tuz
1 choy qoshiq shakar
90 millilitr iliq sut
90 millilitr iliq suv
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
200 gramm tvorogli pishloq
100 gramm ismaloq
100 gramm motsarella pishlog'i
ustiga surtish uchun sut + tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Unni elab olamiz va ustidan xamirturush bilan tuzni sepib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan xamiriga solinadigan barcha masalliqlarni solamiz va mikserda yoki qo'lda aralashtirib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni ustini yopib, 1-1.5 soat iliq joyga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tingan xamirni olib, 30x40 sm kattalikda to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir ustidan pishloqni surtib chiqamiz. Ismaloqni yuvib, to'g'rab, xamir ustidan sepamiz yoki butunligicha qo'yamiz. Motsarella pishlog'ini ham to'g'rab, ustidan sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni ruletga o'xshab o'raymiz va 9 ta bo'lakka kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yog'langan qolipga bulochkalarni terib chiqamiz. Ustidan tuxum sarig'i va sutni aralashtirib surtamiz.

Qadam 8
Tugallandi

170-180 C darajada bir soat davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 gramm un
5 gramm quruq xamirturush
5 gramm tuz
1 choy qoshiq shakar
90 millilitr iliq sut
90 millilitr iliq suv
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
200 gramm tvorogli pishloq
100 gramm ismaloq
100 gramm motsarella pishlog'i
ustiga surtish uchun sut + tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Xamirturushli quymoqlar
keyingi
Batafsil fotoretsept: Shokoladli yupqa quymoqlar

Fikringiz