Ramazon Hayiti bayramiga nimalar tayyorlash mumkin: pishiriqlar
Mana muqaddas Ramazon Hayiti bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Allaqachon ko’pchilik bu bayramga tayyorgarlikni boshlagan bo’lsa ajab emas. Bu kunda ko’pincha nima tayyorlasam ekan deb, ko’pchilikning boshi qotadi. Shu sabab ham bizlar bugun bir nechta retseptlarni taqdim etamiz. O’ylaymizki, sizlarga manzur bo’ladi.
Chak-chak
Hech bir milliy bayramlarimiz chak-chak shirinligisiz o’tmasligi aniq. Shunday ekan bunday ajoyib pishiriqni videoretseptimizga tayanib, tayyorlab ko’ring.
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar
Shirin va mazali bo’g’irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an’ana hisoblanadi. Ammo, ularni har kim har xil usulda tayyorlaydi.
Xolvaytar
Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.
Qush tili
Bayram dasturxonlari to’rini egallaydigan yana bir yegulik bo’lib, u albatta qush tilidir. Bu og’izda erib ketuvchi pishiriqni tayyorlash juda ham oson, ko’pi bilan yarim soat vaqt sarflaniladi. Ammo u ko’ngildagidek chiqishi uchun esa bir nechta ko’rsatmalarga amal qilish kerak bo’ladi.
Qovurilgan qatlamachalar
Mazali, tez tayyorlaniladigan qovurilgan qatlamalar tayyorlash ko’p masalliqlarni talab etmaydi.Bizning retsept asosida uni tayyorlash juda ham osondir.
Chalpak
Chalpaklar asosan oddiy oshxamirdan tayyorlanib, yupqa yoyiladi va buu yupqa pishiriqlarni ko’proq yog’da qovurib olamiz.Chalpaklarning kattaligini tovangizning hajmiga qarab yoyasiz.
Paxlava
Ko’pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig’ini tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko’rsatmalarga amal qilsangiz bo’lgani.
Turkcha paxlava
Siz biron marta turkcha paxlavadan tayyorlab ko’rganmisiz? Unda shoshiling, biz bugun shunday ajoyib shirinlikdan tayyorladik. Og’izda erib ketuvchi bu shirinlik, sizning pazandachilik san’atidagi ochilmagan qirralaringizni ochib berishi shubhasiz!
Yong’oqli gata
Armanlarning milliy shirinliklaridan sanalmish mayin ta’mli yong’oqli gata pishirig’idan tayyorlashni taklif qilamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Zira uz dars taqdim etilayotgan barcha retseplar ajoyib va ishonchliligi bilan meni oʻziga jalb etdi. Men faqat hozirda shu saytdagi retseptlardan foydalanaman. Rahmat sizlarga kattakon. Omad???????
Assalomu aleykum, Adiba! Sizga ham e’tiboringiz uchun katta rahmat 🙂