Fevral: 3-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Har haftalik taomnomalar ro’yxatini berishda davom etamiz. Darhol qog’oz-ruchka tayyorlangda yaxshilab joylashib oling, chunki bu yerda siz bir haftaga mo’ljallangan taomnomalar ro’yxatini topasiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Mastava va suzma va bodringdan salat
Dushanba biroz qiyinroq hafta kuni bo’lib, aynan shu kuni yengilgina taomlar xush yoqadi. Shuning uchun ham bugun sizlarga to’yimli, mazali va o’zimizning milliy taomlarimizdan biri – mastava taomini bugun birgalikda tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bizningcha, bu taomni uyida tayyorlamaydigan bironta odam topilmasa kerak.
Seshanba
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin va qizil boshli karam va rukkoladan salat
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, kerakli masalliqlar esa deyarli hammamizning uyimizdan topiladi. Shirinlikka esa tvorogli bananchalar pishirib oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Room 5 kafesidan retsept: minestorne sho’rvasi,shokoladli maffinlar va zanjabilli choy
Italyancha minestorne sho’rvasini o’zingiz uyda tayyorlashni istaysizmi? Room 5 mashhur kafesi o’zining retseptlarini biz bilan bo’lishishga qaror qildi.
Payshanba
Pigodi – koreyscha taom va qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat
Biz o’zbeklar hech qaysi hafta kunini qaynab tobida pishgan qaynatma sho’rvalarsiz umuman tasavvur etolmaymiz. Sho’rva bilan issiqqina belyashilar esa oromi jondir. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom va fransuzcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo. Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Shanba
Parranda go’shtini sevuvchilarga bu retsept juda ham yoqadi.
Bu usulda pishirilgan tovuq qanotchalari juda ham mazali chiqadi.
Yakshanba
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: sho’rva va qatlamali somsa
Qaynatma sho’rva – o’zbek oshxonasining gultojidir. Sho’rvaning xuddi shunday tayyorlanish usuli esa eng foydali hisoblanadi, chunki bunda hech narsa qovurilmaydi, barcha sabzavotlar va go’sht past olovda qaynatiladi. Qaynatma sho’rva bilan uyda pishirilgan qatlamali somsalar esa ajoyib uyg’unlikdir. Albatta tayyorlab ko’ring!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!