Rezavor mevalar mavsumi: malina va qulupnaydan nimalar tayyorlasa bo’ladi.
Rezavor mevalar istalgan pishiriqqa kerakli sersuvlikni taqdim eta oladi. Biz ushbu ro’yxatimizda rezavor mevalardan tayyorlanadigan pishiriqlarning ishonchli retseptlarini jamlaganmiz.
Malinali vatrushkalar
Tvorogli bulochkalarga biroz o’zgartirish kiritib, ozroq malinalar qo’shib pishirishni tavsiya qilamiz.
«Frezye» torti
Mayin biskvit, plombir muzqaymog’ini eslatuvchi krem, qulupnay – bularning hammasi fransuz konditerlari tomonidan o’ylab topilgan «Frezye» tortida mavjud!
Merengali rulet
O’ylaymizki, sizni merengali ruletni tayyorlash urfga kirganidan xabaringiz bor. Uni tayyorlash naqadar osonligi ajablanarli emas, natijada esa ajoyib tort hosil bo’ladi.
Qaynatma krem solib pishirilgan qulupnayli tart
Qaynatma krem solip pishiriladigan qulupnayli tart qanday tayyorlanilishini bilmasangiz, unda mana bu retseptimizga ahamiyat qarating.
Tez va oson tayyorlaniladigan bunday tartga shirinlikxo’rlar munosib baho berishlari aniq!
Rezavor mevali nachinkaga ega savatchalar
Ba’zan siz haqiqatan ham o’zingizni yorqin va mazali desert bilan xursand qilishni xohlab qolasiz. Nozik qumoq xamirga ega, rezavor mevali nachinka bilan to’ldirilgan savatchalarni tayyorlab ko’ring.
«Pavlova» pirojniyi
Pavlova desertini kichikroq qilib ham pishirish mumkin, bundan u yanada mazaliroq bo’ladi. Qarsildoq beze mazali krem bilan ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Drezdencha tort
Bu tortning retsepti sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq. Bunday drezdencha tort Germaniya bayram dasturxonining bezagi hisoblanadi.