Noyabr: 2-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum aziz pazandalar! Noyabr oyining ikkinchi haftalik taomnomasi tayyor!
Taomnonama ro’yxati sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Azu – tatarcha mol go’shtidan ajoyib taom, Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat va «Chumoli uyasi» torti
Mol go’shtidan tayyorlaniladigan bu taom mazali va juda to’yimli bo’lib, birozgina nordonroq ta’mga ham egadir. Ayniqsa bu taom erkaklarga juda ham yoqadi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom, tuxum va rediskali salat
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Qovoqda pishirilgan jarkop, «Zebra» keksi
Qovoqda pishirilgan jarkop taomidan pishirib ko’ring, sizga yoqishi aniq.
Shanba
Qiyma va qo’ziqorinli sho’rva, pishirilgan kartoshkadan ajoyib salat
Qiyma va qo’ziroqin bilan tayyorlaniladigan mana bunday sho’rva salqin kunlarda juda yoqadi. Shuningdek bunday taom ta’m jihatidan oddiy sho’rvalardan keskin farq qiladi.
Yakshanba
Izmircha kotletlar, bodring va ko’katli salat, nokli qatlamachalarIzmircha kotletlar — tayyorlash uchun oddiy masalliqlarni talab qiluvchi, Turkiyaning barcha oshxonalarida tayyorlaniladigan taomlardan biridir. Siz ham dam olish kuni ana shunday yeguliklardan tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qiling!