Uyda tayyorlaymiz: ajoyib chizkeyklar retseptlari
Chizkeyklar katta-yu, kichikga birdek yoqib, shirinlik sevuvchilar qalblarining tub-tubidan joy olishga ulgurishgan.
Shunday ekan bugun biz sizning e’tiboringizga mana shunday ajoyib desertning eng sara retseptlarini tayyorlab qo’yganmiz. Qabul qiling, ilhomlaning va albatta tayyorlab ko’ring!
Pishirish talab etilmaydigan vanil-shokoladli chizkeyk
Har zamon mazali shirinliklardan iste’mol qilgimiz kelib qoladi. Ana shunday vaziyatlarda mana bunday chizkeyk retsepti bizga qo’l keladi.Bu tort shuningdek pechda pishirishni talab qilmaydi va oddiy suzmadan tayyorlaniladi.
«Zebra» fitnes-chizkeyki
Parhezbop shirinliklar nafaqat foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin! Shulardan biri sanalmish banan va tvorogli desert retseptini siz azizlarimizga ham taqdim etamiz.
Olxo’rili brauni-chizkeyk
Brauni va chizkeyk — eng ko’p sevib iste’mol qilinadigan shirinliklardan biridir. Agar mana shu ikki xil ajoyib shirinlikni birlashtirsak, natijasi hammani lol qoldirihsi aniq. Aytgancha, bu pirogni tayyorlashda shuningdek xohlagan rezavor mevalardan ham foydalanish mumkin
Pishirilmaydigan olma-bananli chizkeyk
Parhez tutuvchilar uchun kam kaloriyali chizkeykni qanday tayyorlash mumkin? Buning yo’li juda oson bo’lib, quyida batafsil tushuntirib o’tamiz.
Suzmadan tayyorlanilgan chizkeyk
Oddiy o’zimizning suzmadan tayyorlanilgan bugungi chizkeykimiz siz uchun ajoyib topilma bo’lishi aniq, chunki hamyonbop mahsulotlardan tayyorlaniladigan bu pirog ajoyib natijani beradi.Suzmalar ham har xil bo’lib, bizlar bunda qaymoqli suzmadan foydalanamiz.
Yaponcha chizkeyk
Yaponcha chizkeyk paxtadek chizkeyk deb ham ataladi, chunki u boricha juda yengil, pufakchali va mayindir.