Suzmadan tayyorlanilgan chizkeyk

Suzmadan tayyorlanilgan chizkeyk

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy o’zimizning suzmadan tayyorlanilgan bugungi chizkeykimiz siz uchun ajoyib topilma bo’lishi aniq, chunki hamyonbop mahsulotlardan tayyorlaniladigan bu pirog ajoyib natijani beradi.Suzmalar ham har xil bo’lib, bizlar bunda qaymoqli suzmadan foydalanamiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 30 000 so’m pul sarflaysiz.*

Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.

Masalliqlar:

2 o'ram pechenye
100 gramm eritilgan sariyog'
500 gramm qaymoqli suzma
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
1 choy qoshiq vanilin
20 gramm + 5 gramm jelatin
300 gramm malina
150 gramm shakar
Qadam 1
Tugllandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pechenyeni blenderda maydalab olamiz, va eritilgan sariyog' solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qolipga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qolipga pechenyeli aralashmani solib, qoshiq yordamida tekislab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yarim soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qaymoq bilan suzmani tog'orachaga solib yaxshilab ko'pirtiramiz. So'ng ustidan vanilin va shakar upasini solib, yana ozroq ko'pirtiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Jelatinni oldinroq suvga ivitib qo'yamiz. Jelatinlar har xilligi sabab, uni qancha ivitish kerakligini uning o'ramiga qarab qilasiz. So'ng olib, gaz plitasi yoki mikroto'lqinli pechda eritib olasiz.

Muhim! Eritish jarayonida jelatin qaynab ketmasligi kerak.

Qadam 8
Tugllandi

Ko'pirtirilgan suzmali aralashma ustidan eritilgan jelatinni solib aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng pechenye solingan qolipni olib, ustidan aralashmamizni solamiz va ustini tekislab olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Malinali muss

Jelatinni bunda ham oldindan suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Malina va shakarni blenderga solib maydalab olamiz.

Qadam 12
Tugllandi

So'ng qozonchaga solib, gaz plita ustiga qo'yamiz va shakar erigunga qadar aralashtirib turamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Malinali aralashmani g'alvirdan o'tkazib olamiz. Aralashma juda ham quyuq bo'lsa, unda unga ozroq qaynagan suv soling.

Qadam 14
Tugllandi

So'ng jelatinni eritib, malinali aralashmaga solib aralashtiramiz va chizkeykimiz ustidan quyamiz. Ustini tekislab, qotib qolguniga qadar sovutgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Qadam 15
Tugllandi

Pishirilgan mazali chizkeykimiz ustini xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 o'ram pechenye
100 gramm eritilgan sariyog'
500 gramm qaymoqli suzma
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
1 choy qoshiq vanilin
20 gramm + 5 gramm jelatin
300 gramm malina
150 gramm shakar
oldingi
Basbusa – sharqona shirinlik
keyingi
Banan, kivi va kefirdan tayyorlanilgan smuzi

Fikringiz