May: 2 hafta taomnomasi
Siz hali ham haftalik taomnoma tuzishga odatlanmaganmisiz? Unda har kuni nima ovqat qilay ekan degan savollar sizni qiynashi aniq.
Keling unda bunday foydali odatni birga shakillantiramiz. Bunda sizga biz har shanba taqdim etadigan ushbu taomnoma ro’yxati yordam beradi.
Dushanba
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Ko’pchilik ayollarimiz oddiy masalliqlardan noodatiy ta’m va ko’rinishdagi taomlardan tayyorlashni xohlashadi. Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Pentuza salati
Seshanba
Meksikancha sho’rva
Bu sho’rvani tayyorlash juda ham oson bo’lib, bir marta tayyorlab ko’rsangiz bas, sevimli ovqatlaringiz ro’yxatidan joy olishi aniq. Bu sho’rvaning oddiy retseptida faqatgina loviya qo’shiladi. Biz esa Jeymi Oliverning retseptidagidek, bu sho’rvaga qaynatilgan no’xat ham solamiz.
Tvorogli puding
Chorshanba
Gaz pechida pishirilgan go’shtli belyashilar
Xamiri yumshoq va juda mazali, asosi esa sersuv va xushbo’y bo’lib pishadi. Taomni mazasiga tan berishingiz uchun uni bir marotaba tayyorlab ko’rishingizning o’zi kifoya.
Pomidor va yalpizli salat
Payshanba
Tuxum-barak
Bunday taomni tayyorlashda umuman ko’p bo’lmagan masalliqar talab qilinadi, ammo pishirish jarayoni biroz ter to’kishingizga majbur qiladi.
Qovoqcha va pomidorli gazak
Juma
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom.
Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Qorag’atli murabbodan pirog
Shanba
Kotletlar
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish!
Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla
Yakshanba
Gaz pechida pishirilgan sersuv tovuq
Ta’tib ko’rganlaringiz orasida eng sersuv tovuq retseptini taqdim etamiz. Tovuq pechda deyarli sizning ishtirokingizsiz pishadi, sizda esa boshqa ishlar uchun bo’sh vaqt paydo bo’ladi.
Taom oddiy va tezpisharligiga qaramay, tovuq juda mazali va xushbo’y bo’lib pishadi.