May: 1 hafta taomnomasi
Hafta taomnomali ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila bir xillikdan qutuladi, uy bekasi tayyorlashdagi asabbuzarliklardan qutuladi qarabsizki butun oila a’zolari mamnun.
Biz esa sizga tayyor hafta taomnomasini taqdim etamiz.
Dushanba
Yengil taomlar kuni.
Qovoqcha va tovuq go’shtidan pishirilgan toblatma
Tovuq go’shti va qovoqchalardan tayyorlaniladigan bu toblatmani qanday bo’lsa shundayligicha, hech qanday o’zgartirishlar kiritmasdan tayyorlab ko’ring. Mayin ta’mli va yengil taomga ega bo’lasiz.
Mevali nayskrim
Seshanba
Milliy taomlar kuni.
No’xatsho’rak
No’xatsho’rakdagi no’xatlar bir kechaga ivitib qo’yiladi va kun bo’yi qaynatib pishiriladi. Qarabsizki, undagi qo’y go’shti va no’xat tobida yetilib pishadi va og’zingizda erib ketadi.
«Bahor» salati
Chorshanba
Turli millatlar taomlari.
Meksikancha sho’rva
Bu sho’rvani tayyorlash juda ham oson bo’lib, bir marta tayyorlab ko’rsangiz bas, sevimli ovqatlaringiz ro’yxatidan joy olishi aniq. Bu sho’rvaning oddiy retseptida faqatgina loviya qo’shiladi. Biz esa Jeymi Oliverning retseptidagidek, bu sho’rvaga qaynatilgan no’xat ham solamiz.
Brokkoli va sarimsoqpiyozdan garnir
Payshanba
Dukkakli mahsulotlardan taomlar kuni.
Moshkichiri
Moshkicirini hamma har xil usulda tayyorlaydi. Bizlarning ham o’z retseptimiz mavjud bo’lib, o’ylaymizki u sizlarga ham juda yoqadi.
Olma va yong’oqli asosli pechenye
Juma
Suyuq taomlar kuni.
Qiyma va qo’ziqorinli sho’rva
Qiyma va qo’ziroqin bilan tayyorlaniladigan mana bunday sho’rva salqin kunlarda juda yoqadi. Shuningdek bunday taom ta’m jihatidan oddiy sho’rvalardan keskin farq qiladi.
Turkcha somsa
Shanba
Baliq yoki gaz pechida pishiriladigan taomlar.
Brokkoli va dudlangan lasosdan toblatma
Oshxonaga kirgan vaqtingizdan boshlab 45 daqiqa ichida, bu taom hil-hil pishadi. Dudlangan baliq a brokkoli uyg’unligidagi taom haqiqatdan ham mazali chiqar ekan.
«Smak» salati
Yakshanba
Kabob yoki go’shtdan antiqa taom kuni.
Pomidorli qaylada pishirilgan mol go’shti
Ushbu taomni tayyorlash uchun bir xil o’lchamdagi yangi mol go’shti qovurg’asidan foydalaning. Ushbu taomnning tayyorlanishi oson, lekin uzoq vaqt talab qiladi. Ammo taom kutishingizga arziydi.