Har kunlik kotletlar ro’yxati
Kechki ovqat uchun qizarib pishgan suvli kotlrtdan yaxshiroq nima bo’lishi mumkin? Bizning ro’yxatimiz sizni turli xil kotletlar pishirish usullari bilan xursand qiladi.
Kotletlar tovuq, baliq, mol go’shti va hatto sabzavotlardan tayyorlanadi. Ular qovuriladi, pechda yoki bug’da pishiriladi. Ko’p variantlar mavjud, yoqtirganingizni tanlang!
Tovuq go’shtidan qilingan qaymoqli kotletlar
Ushbu kotletlar juda nozik bo’lib, pishadi. Avvaliga bu retseptda piyoz yo’qligi bizni xayron qoldirdi, ta’tib ko’rgach, unga piyoz kerak emasligini tushunib yetdik.
Maslahat: siz qiyma go’shtini o’zingiz qilishingiz yoki sotib olishingiz mumkin. Asosiysi qiyma tovuq go’shti filesidan bo’lishi kerak.
Izmircha kotletlar
Ushbu retsept Turkiyaning Egey mintaqasidan. Izmir kotletlari kundalik taomga juda mos keladi, chunki ular juda tez va oson tayyorlanadi.
Sersuv bo’lib pishadigan tovuqli kotletlar
Qiymaga karamning qo’shilishi tovuqli kotletlarni yanada shirali va xushbo’y qiladi. Siz retsept bilan ishonch bilan tajriba qilishingiz mumkin: oq karamni qizil karam bilan almashtirishingiz yoki maydalangan yangi sabzi qo’shishingiz mumkin.
Pomidor va pishloqli kotletlar
Gaz pechida tayyorlanadigan juda to’yimli va mazali kotletlar, istalgan garnirga qo’shib tortsangiz bo’ladi. Pishloq va pomidor esa go’sht bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Kartoshkali kotletlar
Kartoshka pyuresidan kotletlar – bu juda qiziq narsa, chunki bir tomondan ular asosiy taom bo’lib xizmat qilishi mumkin, boshqa tomondan esa uni go’sht yoki baliq uchun yon garnir sifatida ishlatish mumkin.
Baliqli kotletlar
Baliq go’shtidan tayyorlangan kotletlar juda mazali bo’lib, shu bilan birga ular juda parhezbop taom hamdir.
Tovuq go’shti va qovoqchadan tayyorlanilgan kotletlar
Tovuqli kotletlar sersuv bo’lishi uchun qiymaga qovoqcha qo’shishingiz mumkin. Bu faqat taom ta’mini yaxshilaydi. Bunday kotletlar ham issiq, ham sovuq holda mazali bo’ladi.
Kotletlar
Qiymadan tayyorlangan klassik kotletlarni pazandachilik tajribasining asosi desa ham bo’ladi. Unga sevimli ziravor, sabzavot va ko’katlaringizni qo’shing va yangidan yangi mazali va xushbo’y taom tayyorlang.