fbpx
Baliqli kotletlar

Baliqli kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baliq go’shtidan tayyorlangan kotletlar juda mazali bo’lib, shu bilan birga ular juda parhezbop taom hamdir.

Bu tez hazm bo’ladigan oqsilar, vitamin va minerallar manbaidir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarlaniladi.*

*narxi manba chip etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

600 gramm baliq filesi xumbosh baliq(tolstolob) yoki ilonbosh baliq(zmeegolov)
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
2 osh qoshiq smetana yoki shakarsiz yogurt
ta'bga qarab tuz va murch
1 bosh piyoz
1 dona qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
300 millilitr suv
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni to'rtburchak qilib to'g'raymiz, sabzini qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baliq filesini blenderda maydalab olamiz va ichiga kraxmal, piyoz, sabzi, yogurt yoki smetana, tuz va murchdan solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmadan kotletchalar yasab olamiz va ikkala tomonidan qizartirib qovurib olamiz. So'ng suv bilan pomidor pastasini aralashtirib olamiz va ichiga kotletlarni solib, dimlab pishiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

600 gramm baliq filesi xumbosh baliq(tolstolob) yoki ilonbosh baliq(zmeegolov)
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
2 osh qoshiq smetana yoki shakarsiz yogurt
ta'bga qarab tuz va murch
1 bosh piyoz
1 dona qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
300 millilitr suv
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Gaz pechida pishirilgan quymoqchalar
keyingi
Batafsil fotoretsept: Uy sharoitida tayyorlanilgan lapsha

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.