Tuxumdan tayyorlangan 8 xil eng zo’r nonushtalar
Tuxum, mutlaqo universal mahsulot bo’lib, u mavsumga qaramay foydali va dunyoning istalgan nuqtasida, barcha qit’alarda mavjud.
Tuxumdan – qovurilgan tuxum, pishirilgan tuxum, yumshoq qaynatilgan tuxum, pashot tuxumi … Va qancha asl taomlarni tayyorlash mumkin! Agar g’oyalaringiz tugab qolsa, bizning ro’yxatimizni oching va har kungi tongingizni mazali tarzda boshlang!
Feta pishlog’i va pomidordan quymoq
Dunyodagi eng mashhur nonushtalardan biri. Bu yerda hamma narsa juda oddiy: ko’p pomidor, tuxum, ko’katlar, shuningdek bizning retseptimizda feta pishlog’i ham bor.
Pishloqni eritib olish uchun pishirgandan keyin bu omletni pechda bir necha daqiqa ushlab turish yaxshi maqsadga muvofiq.
Nonushtabop tuxumli skrembl
Bir necha daqiqada pishiradigan nonushta. Tuxum, yog ‘, tuz, murch va yaxshi kayfiyat sizga kerak bo’lgan narsadir.
Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum
Nega bu nonushtani tanlash kerak. Birinchidan, bu o’ziga xos nonushta. Ikkinchidan, juda chiroyli – kamdan-kam odamlar bunday nonushtadan bosh tortishadi. Uchinchidan, lavash xamiri ichiga pishirilgan tuxumva ba’zi bir foydali sabzavotlarni bolalarga yashirincha solib berishni ajoyib usuli.
Menemen – turkcha qovurilgan tuxum
Menemen – dam olish kunlari nonushtasining qiroli. Turk oshxonasidan juda mazali omlet.
Menemenni odatda yangi non bilan dasturxonga tortishadi va nonni mazali tuxum va sabzavotli aralashmag botirib, yeyishadi.
Benedikt tuxumi
Tayyorlanishiga ko’p vaqt va ma’lum bir mahorat talab qiladigan ajoyib retsept.
Ammo xozir ushbu noodatiy taomn tayyorlashni o’rganishning ayni vaqti.
Pomidorlarda pishirilgan tuxumlar
Quyosh rangidagi tuxum sarig’i, qip-qizil pomidor, oppoq tuxum oqi – bunday nonushta bilan sizning kuningiz a’lo darajada boshlanadi.
Ispancha tortil’ya (quymoq)
Tushlikgacha quvvatga to’ldiradigan yana bir foydali ovqat. An’anaviy ispancha omlet ta’miga kartoshkaning ko’pligi va ajoyib sous javob beradi.
Nonushtabop galetalar
Ushbu nonushtaning afzalligi uni tayyorlashni bir kun oldin boshlab qo’ysangiz, ertasi kuni nonushtaga osongina tayyorlangan mana bunday noodatiy taomni tayyorlashingiz mumkin.