fbpx
Pomidorlarda pishirilgan tuxumlar

Pomidorlarda pishirilgan tuxumlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hatto oddiy tuxumni ham har xil usullarda pishirib, yangicha nonushtaga ega bo’lish mumkin. Tuxumlarni bir marotaba bo’lsa ham pomidorlar ichiga solib pishirib ko’ring, ta’midan lol qolasiz.

Ko’rinishi ishtahaochar, ta’mi ham o’zgacha mazali chiqadi.

Taomning taxminiy ozuqaviy qiymati: 86.5 kKal bo’lib, oqsillar — 8 gr, yog’lar — 7 gr, uglevodlar — 6 gr ni tashkil etadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

6 dona sersuv bo'lmagan pomidor
6 ta tuxum
3 choy qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq timyan
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz.

Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga yog' surtib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pomidor dumchasini kesib tashlab, ichini qoshiq yordamida bo'shatib olamiz. Faqat pomidor teshilib qolmasligiga ahamiyat bering.

Qadam 3
Tugllandi

Bir necha daqiqa pomidorlarni qog'oz sochiq ustiga ag'darib terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng pomidorlarni qolipga teramiz, ichiga yarim choy qoshiqdan yog' solamiz, tuz va murch sepamiz. Gaz pechiga qo'yib, 12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pomidorlarni gaz pechidan olamiz. Har biriga bittadan tuxum chaqib solamiz va gaz pechiga qo'yib pishiramiz. Sarig'i yumshoqroq pishishi uchun 15-17 daqiqa, qattiqroq pishishi uchun esa 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan tuxumli pomidorlarni gaz pechidan olamiz, biroz sovutamiz va murch bilan to'g'ralgan ko'katlardan sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

6 dona sersuv bo'lmagan pomidor
6 ta tuxum
3 choy qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq timyan
oldingi
Batafsil fotoretsept: “Napoleon” torti
keyingi
Yeryong’oq solingan halqachali pechenyelar

Fikringiz