Uyda non tayyorlaymiz. Eng sara nonlar retseptlari.
Yangi pishgan uy nonidan boshqa ajoyibroq narsa yo’q! Ko’pgina oilalar ushbu xushbo’y taomni uyda tayyorlash an’anasini saqlab qolishgan.
Va agar sizda bunday an’ana bo’lmasa, unda siz uni hoziroq boshlashingiz mumkin. Oltin va tiniq rangli, issiq nondan taralayotgan yengil bug’ va xushbo’y hid, bu nonni sehrli qiladi.
Issiq uy noni uyingizgizga baxt, iliqlik va hotirjamlik olib kelishiga aminmiz!
Sutli non
Ushbu retsept bilan non pishirishni o’rganishni boshlang. Istasangiz bunday mazali va yumshoq nonni tushlik uchun yoki bo’lmasam nonushtaga issiq choy va murabbo bilan tanovvul qilish uchun tayyorlang.
Qovurilgan piyoz solib pishirilgan non
Tez va oson tayyorlaniladigan, shuningdek juda mazali bo’lmish piyozli non retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Bunday nonni nonushtaga tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qilishingiz aniq.
Uyda tayyorlanilgan kartoshkali non
Bu non pishirilgandan bir necha kundan so’ng ham yumshoq va mayinligini yo’qotmaydi. Agar uni hali issiqligida paqqos tushurishmasa albatta, chunki uning qarsildoq usti va yumshoq ichi odamni tomog’ini qitiqlaydi.
Non pishirgichda tayyorlanilgan non
Agarda taomlar tayyorlashda ortiqcha bo’sh vaqtga ega bo’lmasangiz, unda o’zi xamir qorib, o’zi pishiradigan ajoyib qurilma – non pishirgichlarga ehtiyoj sezasiz.Unda tayyorlanilgan non ideal darajada chiqadi.
Ko’katli “garmoshka” noni
Har qanday kayfiyatni ham ko’tarishga qodir bo’lgan noodatiy ko’rinishli non retsepti! Tabiat qo’yniga chiqqanda ham bunday non grillda pishirilgan go’sht va sabzavotlarga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Go’shtli non
Ishonchimiz komilki, agar siz bunday patirni pechda pishirishni o’rgansangiz, unda siz uni do’konlardan sotib olishni to’xtatasiz.
Go’shtli non tez tayyorlaniladigan, mazali va juda to’yimli yeguliklardan biridir.
Grissinlar
Bunday grissinlarning tayyorlanilishi tez va oson bo’lib, ularni sho’rvalar, choy va qahva bilan iste’mol qilish mumkin
Bunday grissinlarning tayyorlanilishi tez va oson bo’lib, ularni sho’rvalar, choy va qahva bilan iste’mol qilish mumkin
Fokachcha (italyancha non)
Fokachcha – ichi va ustiga turli xil asoslar solinadigan, juda mazali italyancha non. Fokachchaga zaytun moyi va rozmarin qo’shilmasi tufayli xushbo’y bo’lib pishadi.