Uyda tayyorlanilgan kartoshkali non

Uyda tayyorlanilgan kartoshkali non

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Usti tillarang va qarsildoq kartoshkali non juda mazali bo’lib, uni albatta tayyorlab ko’rish kerak.

Bu non pishirilgandan bir necha kundan so’ng ham yumshoq va mayinligini yo’qotmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1-2 dona kartoshka
475 millilitr sut
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 + 1/4 choy qoshiq quruq xamirturush
680 gramm un
Qadam 1
Tugllandi

Non uchun 170 - 200 gramm kartoshkali pyure kerak bo'ladi. Buning uchun kartoshkani po'stini archib, yupqaroq to'g'rab, tuzli suvga solamiz va pishguniga qadar qaynatib pishiramiz. Pishgandan so'ng ozgina suvini o'zida qoldirib, qolganini to'kib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonchaga sutni solib, qaynash darajasiga keltiramiz, tuz va shakar solib aralashtirib olamiz. Sut usti ko'pira boshlaganda gazdan olamiz.

Ustidan o'simlik yog'i va pyureni solib aralashtirib olamiz. Aralashma sal iliganda esa xamirturushni solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Avval unning 264 grammini solib, mikserda yoki qo'ldan aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng qolgan un(416 gramm)ni solib, yaxxshilab xamir qoramiz. Xamir biroz yopishqoq bo'ladi.

Qadam 5
Tugllandi

Kattaroq tog'oraga yog' surtamiz va ichiga xamirni solamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 2 soat yoki bir kechaga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng stolga un sepib, xamirni qo'yamiz va teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Qoliplarga yog' surtib xamirni solamiz, ustini tekislab, ustiga ham ozroq yog' surtamiz.

Qadam 8
Tugllandi

So'ng xamirni qolipda yana 1 soat yoki 45 daqiqaga ustini yopib tindiramiz. Xamir bu vaqtda yana ko'tariladi. So'ng 175 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1-2 dona kartoshka
475 millilitr sut
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 + 1/4 choy qoshiq quruq xamirturush
680 gramm un
oldingi
Lanchboks uchun g’oya: quymoqli sendvich
keyingi
Videoretsept: Banan va shokoladli pirog

Fikringiz