Mart: 4 hafta taomnomasi
Haftalik taomnoma tuzayotganda o’zingizga qulaylik yaratish uchun har bir hafta kunini nomlab oling. Masalan: Dushanba – yengil taomlar kuni. Bu kunda faqatgina organizmga og’irlik qilmaydigan yengil taom va salatlardan tayyorlang.
Bugun esa biz sizga mana shunday usulda hafta kunlarini nomlab, bir haftalik taomnoma tuzib beramiz.
Dushanba
Yengil taomlar kuni.
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
Paprikash – Vengriya oshxonasining eng sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Bunda tovuq juda lazzatli ta’mdagi qaylada tayyorlanib, og’izda erib ketadi.
Bodring va ko’katli salat
Seshanba
Milliy taomlar kuni.
Shovla
To’yimli, ishtahaochar va nihoyatda mazali shovla taomi, milliy oshxonamizning ajralmas taomlaridan biri hisoblanadi.
Shovlani tayyorlash palovdan ko’ra osonroq hisoblanadi.
Suzma va bodringdan salat
Chorshanba
Turli millatlar taomlari.
Lazanya
Lazanya bu italyan oshxonasining klassik taomlaridan biri bo’lib, butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. U oila davrasida iste’mol qilishda ham, bayramlarda dasturxonga tortishga ham juda qulay taom hisoblanadi.
Qaynatma shokoladli kremli krostata
Payshanba
Dukkakli mahsulotlardan taomlar kuni.
Turkcha usulda pishirilgan no’xat
Mazali va xushbo’y isga ega turk oshxonasiga mansub taom tayyorlashni istasangiz, unda mana bu retseptga nazar tashlang.
Loviya va suxariklardan qilingan salat
Juma
Suyuq taomlar kuni.
Qovurma sho’rva
Ushbu sho’rvani “o’zbek klassikasi” deb ham atash mumkin, chunki bu taom deyarli barcha o’zbek oilalarida tayyorlanadi. Xushtam sho’rva, yaxshi qovurilgan sabzavotlar va tayyorlanishi qiyin bo’lmagan retsept sizga yoqishi aniq.
Tez tayyorlanadigan tvorogli pirog
Shanba
Baliq yoki gaz pechida pishiriladigan taomlar.
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Pergament qog’ozida pishirilgan taomlar, parda pishganday suvli va foydali bo’ladi. Siz ushbu taomga 15 daqiqa vaqtingiz va mehnatingizni ketkazsangiz bas, qolganini gaz pechi bajaradi.
Karam va kartoshkali pirog
Yakshanba
Grill yoki kabob kuni.
Qiyma kabob
Qiyma kabob – bu xushbo’y iforli, yoqimli va betakror ta’mni o’zida jamlagan bu taom hech kim befarq qolmaydi. Biz bugun siz azizlarga bu taomning videoretseptini taqdim etamiz.
“Chumoli uyasi” torti