Turkcha usulda pishirilgan no’xat

Turkcha usulda pishirilgan no’xat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali va xushbo’y isga ega turk oshxonasiga mansub taom tayyorlashni istasangiz, unda mana bu retseptga nazar tashlang.

Bu taom shunday natijani beradiki, bunda siz sarflagan vaqtingizga umuman achinmaymiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2.5 stakan ivitilgan nut no'xati
300 gramm mol go'shti
2 ta piyoz
2 ta pomidor
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq shakar
qovurish uchun o'simlik yog'i
500 millilitr suv yoki bulyon
Qadam 1
Tugllandi

Ivitilgan no'xatni pishguniga qadar qaynatib olamiz, so'ng suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonga yog' quyib, yarim parrak qilib to'g'ralgan piyozni solib, qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Go'shtni maydaroq bo'laklarga bo'lib, piyoz ustidan solamiz. Qizartirib qovurib olamiz.

So'ng ozgina suv quyib, yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Go'sht yumshagandan so'ng ustidan pomidor pastasi, qirg'ichdan chiqarilgan pomidor, tuz, murch, bir chimdim shakar va ezilgan sarimsoq piyozni solamiz.

Bir-ikki daqiqa dimlab pishiramiz. So'ng suv yoki bulyonni quyib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishgan no'xatni solib, qopqog'ini yoamiz va past olovda 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Taomni chuqurroq idishlarga suzib, to'g'ralgan ko'katlarni sepamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2.5 stakan ivitilgan nut no'xati
300 gramm mol go'shti
2 ta piyoz
2 ta pomidor
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq shakar
qovurish uchun o'simlik yog'i
500 millilitr suv yoki bulyon
oldingi
Videoretsept: «Pepperoni» pitsasi
keyingi
Qatlama xamir va qaynatilgan kremdan qilingan pishiriq

Fikringiz