Yanvar: 1-hafta taomnomasi
Yangi yil uchun pishirilgan barcha noz-ne’matlar tugab, yana har doimgi «bugun yana nima tayyorlasam ekan» degan savolga duch kelasiz. Boshingizni qotirmang, bizning sahifaga kiring, chunki bu yerda siz bir haftaga mo’ljallangan taomnomalar ro’yxatini topasiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va Vitaminli salat
Yangi yildagi iste’mol qilingan salatlar-u go’shtli taomlardan so’ng, yengilgina taomlar xush yoqadi. Shuning uchun ham bugun sizlarga tovuq go’shtidan tayyorlangan mayin ta’mli sho’rva va vitaminlarga boy sabzavotli salatni tavsiya qilamiz.
Seshanba
Videoretsept: qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar (mitbollar) va Hyatt Regency mehmonxonasidan «Toshkent» salati
Bunday yumshoqqina, og’izda erib ketadigan koptokchalarni tayyorlab ko’ring, juda mazali.
Сhorshanba
Italyancha pomidor qaylali spagetti tayyorlab ko’ring, ovqatdan so’ng esa zanjabilli choy va shokoladli pechenyelardan tayyorlab ko’ring.
Payshanba
Cho’pchalarda pishirilgan tovuq va Guakamole qaylasi, shirinlikka esa murabbodan qilingan pirogni o’zingizda sinab ko’ring. Erinmang, afsuslanmaysiz!
Bunday usulda pishirilgan taom guakamole qaylasi bilan juda yaxshi kelishadi. Sinab ko’ring.
Juma
Befstroganov taomi va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Bu ikki xil taom bir birini juda to’ldiradi. Pishirib ko’ring, yumshoqqina go’sht va qarsildoq kartoshkaning uyg’unligiga baho bering!
Shanba
Qaynatma sho’rvani xush ko’ruvchilar uchun Hyatt Regency mehmonxonasi restoranining bosh oshpazidan retsept. Tayyorlab ko’ring, siz tayyorlaydigan sho’rvadan farq qilsa ajab emas.
Yakshanba
Yakshanba kuni ko’pchilik uchun bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari jamlanishadi. Kimdir ishidan, yana kimdir esa o’qishidan ortib, bo’sh vaqt topadi. Shunday ekan aynan shu kuni tansiq taomlar pishirishni maslahat bergan bo’lar edik. Quyidagi retsetlarimizga e’tibor qarating, sizlarga yoqadi degan umiddamiz.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!