Cho’pchalarda pishirilgan tovuq

Cho’pchalarda pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan, siyqasi chiqqan ovqatlar pishirish joningizga tekkan bo’lsa, unda bizning cho’pchada pishirilgan tovuq go’shti retsepti aynan siz uchun. Bunday usulda tovuq go’shti juda mazzali va sersuv bo’lib pishadi. Tushlik yoki kechki ovqatga tortish uchun ayni muddao.

Tovuq go’shtini pishirish uchun sizdan ko’p bo’lmagan masalliqlar talab qilinsada, turlicha usulda marinadlab qo’yish esa taomga o’zgacha ta’m beradi.

Bu taomni tayyorlash uchun turlicha marinadlash usullaridan foydalanish mumkin. Masalan osiyoliklarga xos marinadlash usuli yoki barbekyu usuli. Birontasini sinab ko’ring!

Bu ovqatga ishlatiladigan qaylalar esa: pesto va yogurtli qayla.

Masalliqlar:

500 gramm tovuq go'shti (lahm)
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 dona limon sharbati
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq go'shti xuddi kabobga to'g'raladigandek, to'rtburchak qilib to'g'raladi.

Qadam 2
Tugllandi

Go'sht bo'laklari katta idishga solinadi va ziravorlar, soya qaylasi, limon sharbati, asal va yog' qo'shib aralashtiriladi.
30 daqiqaga tindirib qo'yiladi.

Qadam 3
Tugllandi

Tovuq go'shtlari maxsus cho'pchalarga terib chiqiladi va yog' solingan oddiy tovada yoki grill uchun mo'ljallangan tovada qizargunicha qovurib olinadi.

Qadam 4
Tugllandi

Tayyor ovqatimiz pesto yoki yogurtli qayla bilan dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tovuq go'shti (lahm)
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 dona limon sharbati
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
oldingi
Qovoqchadan quyuq sho’rva
keyingi
Yogurtli qayla

Fikringiz