May: 2-hafta taomnomasi
Bizning bir haftalik taomnomamiz sizga nima ovqat tayyorlash haqida o’ylamay, vaqtingizni oila a’zolaringiz uchun sarflashingizda yordam beradi.
Taomnomani tezroq saqlab qo’ying va o’zingizga bo’sh vaqt ajrating!
Dushanba
Tovuq go’shtidan chaxoxbili
Tayyorlanish jarayoni oson bo’lishiga qaramay, u har doim mazali va xushbo’y bo’lib pishadi.
Oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun mos keladigan ajoyib sersuv taom.
Seshanba
Karam va go’shtli rulet
Karam va tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan bu ruletimiz juda to’yimli bo’lib, dasturxonga ham o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.
Chorshanba
O’zbekcha ugra-osh sho’rvasi
Ugra-osh – bu tuxumli ugra va tovuq go’shtidan qilingan an’anaviy sho’rva bo’lib, katta va kichikka birdek xush keladi.
Payshanba
Fransuzcha go’shtli taom
Fransuzcha deb nomlanuvchi bu taom aslida Rossiyada o’ylab topilgan bo’lib, ammo unga mayonezli qayla solinishi sabab ham fransuzcha deb nom berishgan.
Juma
Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom
Bu retseptda sizlar ideal ta’mli go’shtli taom tayyorlash siri bilan tanishasiz. U juda yumshoq va nafis bo’lib pishadi. Yoniga garnir sifatida qaynatilgan guruchdan pishirsangiz ham bo’ladi.
Shanba
Meksikancha usulda pishirilgan tovuq
Makkajo’xori va pomidorlar bilan dimlab pishiriladigan tovuqli bu taom – meksikancha usuldagi juda tezpishar yeguliklardan biri hisoblanadi. Tuz va murch qatorida o’zingizga yoqqan ziravorlar, shuningdek achchiq qalampirdan ham solishingiz mumkin.
Yakshanba
Go’sht Say
Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo’lib, buning uchun bizga — qozon, go’sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo’ladi.