Atirgulli kapkeyklar

Atirgulli kapkeyklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyorlanilishi oddiy, ko’rinishi esa juda nafis atirgulli kapkeyklarimiz kutilmagan mehmon kelgan vaqtda juda ham as qotadi.

Bunda bizlar tayyor qatlamali xamirdan tayyorlashimiz, pishirish jarayonini osonlashtiradi. Batafsil fotoretseptlarimizdan esa hatto yosh bolalar ham ko’rib, tayyorlashlari mumkin.

Masalliqlar:

2-3 ta qizil olma qizil rangli olmalar bo'lsin. Yana shunga ahamiyat qaratingki, olmalar vazni og'irroq bo'lsin, yengil olmalar biz kutgan natijani bermaydi
yarimta limon
1 dona dolchin tayoqchasi
360 millilitr suv
3 osh qoshiq o'rikli jem
qolipga surtish uchun sariyog'
Qadam 1
Tugllandi

Olmalarni yuvib quriting. Agar olmalar mushtingizdan katta bo'lsa, to'rtga, agar kichikroq bo'lsa, unda ikkiga bo'ling. O'rtasini tozalab, danagidan ajrating. 2-3 millimetr qalinlikda parrak qilib to'g'rab oling.

Qadam 2
Tugllandi

Olmalarni idishga soling, ustidan limon sharbatini solib aralshtiring.

Qadam 3
Tugllandi

Limon sharbati sepilgan olmalarni sirlangan biron idishga solamiz, dolchin tayoqchasini va suv solamiz. Gaz plita ustiga qo'yamiz, o'rta olovda qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynashni boshlagach 2-3 daqiqa davomida qaynatamiz va so'ng olib, suvini to'kib tashlaymiz. Sovutamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Gaz pechini 180°C darajagacha qizdiramiz. Tayyor qatlamali xamirni qalinligi 2 mm da yoyamiz. Ko'ndalagini esa to'rtta barmoq qalinligida kesib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovaga o'rikli jem va 60 ml suv solamiz. Gaz plita ustiga qo'yib, 3-5 daqiqa davomida qaynatamiz, so'ng olib sovutamiz. Qaynatish jarayonida muntazam aralashtirib turishni unutmaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Maffinlarga mo'ljallangan qolipga sariyog' surtib chiqamiz va qog'ozdan qilingan qolipchalarni joylashtirib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamir bo'laklariga jem surtib chiqamiz. Olmalarni xamirning ustiga qo'yib chiqamiz. Bunda olmalarning po'stli tomoni yuqorida bo'lib, xamirdan sal teparoqda bo'lishi kerak. Xamirning pastki qismini esa olmalarning ustiga buklab chiqamiz. So'ng bir chetidan buklab chiqsak, xamirimiz atirgul ko'rinishiga kiradi.

Qadam 8
Tugllandi

Atirgullarni qoliplarga qo'yib, 30-35 daqiqa davomida 180 C darajada pishirib olamiz. Ta'bga qarab, shakar upasi va qyalpiz yaproqchalari bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2-3 ta qizil olma qizil rangli olmalar bo'lsin. Yana shunga ahamiyat qaratingki, olmalar vazni og'irroq bo'lsin, yengil olmalar biz kutgan natijani bermaydi
yarimta limon
1 dona dolchin tayoqchasi
360 millilitr suv
3 osh qoshiq o'rikli jem
qolipga surtish uchun sariyog'
oldingi
«Banoffi» torti
keyingi
Videoretsept: Tovuq go’shtidan pishirilgan «Chaxoxbili» taomi

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz