Videoretsept: Karam va go’shtli rulet

Videoretsept: Karam va go’shtli rulet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Karam va tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan bu ruletimiz juda to’yimli bo’lib, dasturxonga ham o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.

Bu yegulik issiqligida ham, yaxna holatida ham juda mazalidir

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm karam
5 ta tuxum
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
70 gramm qattiq pishloq
1 bosh piyoz
yarim bog' shivit
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Karamni yupqa somoncha qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuxumlarni chaqib, tog'orachaga solamiz va venchikda biroz ko'pirtiramiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, to'g'ralgan shivit, karam va tuz bilan murchni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shab, ustidan tuxumli aralashmani tekis qilib solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qiymaga maydalangan piyoz, tuz va murch, xohishga qarab yana biror xil ziravorlardan solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pishirilgan karamli pishiriq ustiga qiymani tekislab solamiz va ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ruletni folgaga o'rab, chokini pastga qilib qo'yamiz va 180 C haroratda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm karam
5 ta tuxum
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
70 gramm qattiq pishloq
1 bosh piyoz
yarim bog' shivit
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
No’xatsho’rak
keyingi
Xuddi qo’ziqorindek baqlajonlar

Fikringiz