Go’sht Say

Go’sht Say

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Go’sht Say – uyg’urcha mashhur taomlardan biri bo’lishiga qaramay, ammo o’zimizning deyarli barcha kafelar taomnomasida bunday taomni uchratishimiz mumkin.

Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo’lib, buning uchun bizga — qozon, go’sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shti lahm
1 bosh piyoz
1 dona qizil bulg'or qalampiri
4 dona pekin karami bargi
2 ta pomidor
1 dona Daykon turpi
1 bog' jandiq
1 bog' selderey
1 bosh sarimsoq piyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 dona badyan zvezdochka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq soya qaylasi
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Go'shtni yupqa to'g'rash oson kechishi uchun uni muzlatgichga qo'yib, biroz muzlatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonga yog' quyib, qizdiramiz. To'g'ralgan go'shtni solib, suvi bug'lanib ketgunga qadar qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Katta to'rtburchak qilib to'g'ralgan piyozni solib, 1 daqiqa mobaynida birga qovuramiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng to'rtburchak shaklda katta-katta to'g'ralgan karam va bulg'or qalampiri, parrak qilib to'g'ralgan daykon turpi solib, baland olovda 2-3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pomidor, pomidor pastasi va mayda tog'ralgan sarimsoq piyozni solib, 2 daqiqa birgalikda qovuramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Barcha ziravorlar va soya qaylasini solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Sabzavotlar ustidan yirik qilib to'g'ralgan jandiq va seldereyni sepib, qopqog'ini yopamiz va past olovda 7-10 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Aralashtirib, issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 40 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shti lahm
1 bosh piyoz
1 dona qizil bulg'or qalampiri
4 dona pekin karami bargi
2 ta pomidor
1 dona Daykon turpi
1 bog' jandiq
1 bog' selderey
1 bosh sarimsoq piyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 dona badyan zvezdochka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq soya qaylasi
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Tez tayyorlaniladigan yong’oqli pirog
keyingi
Malinali moxito

Fikringiz