Yanvar: 2-hafta taomnomasi
Yangi hafta uchun yangi taomnoma. Qabul qilib oling, saqlab qo’ying va har kunlik nima tayyorlasam ekan degan savollardan qutiling.
Biz bilan tayyorlang!
Dushanba
Tovuq go’shti va pomidorli pesto qaylasidan tayyorlangan spagetti
Italyancha taomlarni xush ko’ruvchilar uchun juda tez tayyorlaniladigan taom retsepti. Pomidorli pesto qaylasi esa bu taomga o’zgacha ta’m bag’ishlab, uning boshqalaridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Seshanba
Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq
Baliq, sabzavotlar va folga qog’ozi – tez va shu bilan birga foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash mumkin bo’lgan taomga kerakli mahsulotlar shular hisoblanadi.
Chorshanba
Qaymoqli bulyonda pishirilgan chuchvara
Uyda tayyorlanilgan chuchvaralardan mazaliroq taom bo’lishi mumkinmi? Qaymoqli qaylada tayyorlanilgan chuchvara umuman o’zgacha ta’mda bo’lib, sizni undan qayta va qayta tayyorlashga undayveradi.
Payshanba
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
Paprikash – Vengriya oshxonasining eng sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Bunda tovuq juda lazzatli ta’mdagi qaylada tayyorlanib, og’izda erib ketadi.
Juma
Pomidor va mol go’shtidan qilingan vetchinali pitsa
Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitsa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq!
Shanba
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar bu ko’pchilik sevib iste’mol qiladigan taomlardan biridir. Shuningdek, uning tayyorlash jarayoni juda ham oson bo’lib, bunda hech qanday qiyinchilikka uchramaysiz.
Yakshanba
Beyti kebab
Beyti kebab — o’zining ko’rinishi bilan ishtahani qitiqlaydigan, bir mata ta’tib ko’rgandan so’ng undan yana va yana iste’mol qilging kelaveradigan turkcha taomlardan biridir.