fbpx
Shokoladli Panna Kotta

Shokoladli Panna Kotta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Panna Kotta — bu jelatin va qaymoqdan tayyorlaniladigan italyancha nafis desert bo’lib, usti xohishga qarab, har xil rezavor mevalar yoki glazur bilan bezatiladi.

Bugun esa bizlar siz azizlarga shokoladli Panna Kottadan tayyorladik va retseptini sizlar bilan bo’lishamiz!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

8 gramm jelatin yoki 2 ta "listovoy"
450 gramm 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm qora shokolad
Qadam 1
Tugllandi

Jelatinni (listovoy) 5 daqiqaga muzdek suvga solib, ivitib qo'yamiz. Agarda siz kukunsimon jelatindan ishlatsangiz, u holda uni suv bilan 1:6 miqdorda o'lchab solasiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonchaga qaymoqni quyib, gazga qo'yamiz va qizdiramiz. Lekin qaynatmaymiz. So'ng shokoladni bo'lib soalmiz va erigunga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ivitilgan jelatinni ham solib, yaxshilab aralashtirib olamiz va 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tayyor bo'lgan desertimizni qirilgan shokolad yoki rezavor mevalar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

8 gramm jelatin yoki 2 ta "listovoy"
450 gramm 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm qora shokolad
oldingi
Videoretsept: Pishloq-qo’ziqorinli usti ochiq pirog
keyingi
Fransuzcha piyozli sho’rva

Fikringiz