Uyda tayyorlaymiz: kuzgi pishiriqlar
Kuzning sovuq kunlarida issiqni choy bilan mazali, to’yimli va xushbo’y pishiriq ayni muddao.
Shuning uchun Zira uz sizga ushbu kuzning eng mazali, xushbo’y va noodatiy pishiriqlar retseptlari ro’yxatini taqdim etmoqchi. Marhamat!
Guruchli mini kurniklar
Uyda tayyorlanilgan, smetanada qorilib pishgan kurniklar juda mazali va albatta to’yimli bo’lib pishadi.
Boloneze pitsa-ruleti
Italiyadan pitsaning oddiy retseptini qarshi oling. Oson tayyorlanadigan, mazali va o’zining noodatiy ko’rinishi bilan barchani o’ziga rom etuvchi ajoyib taom.
Kartoshkali turkcha pide
Turkcha pideni nafaqat go’sht bilan, balki kartoshka va pishloq bilan ham tayyorlash mumkin. Qolaversa, o’z ta’bingiz va muzlatgichda bor narsalarga qarab asosini o’zgartirishingiz ham mumkin, albatta.
Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar»
Oddiy qatlamali xamir va tovuq go’shtidan original ko’rinishdagi pishiriqlardan tayyorlash mumkin bo’lib, buning uchun ko’p vaqt ham, mablag’ ham talab etilmaydi.
Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko’katli o’ramalar
Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ushbu o’ramalarni bemalol ertalabki nonushtaga ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin.
Pishloqli pechenyelar
Pishloqli pechenyelar — yosh-u qariga birdek yoquvchi yeguliklardan biridir. Ular har qanday taomga ajoyib qoʻshimcha vazifasini oʻtaydi.
Go’sht va karamli rasstegaylar
Bu retsept asosida tayyorlangan rasstegaylar juda yumshoq bo’lib pishadi va ta’mi esa o’sha bolaligimizdagi rasstegaylarni eslatib yuboradi.