Videoretsept: go’sht va karamli rasstegaylar

Videoretsept: go’sht va karamli rasstegaylar

Masalliqlar:

  • 1-asosiga:

  • 2-asosiga:

Yo’nalishlar

Bu retsept asosida tayyorlangan rasstegaylar juda yumshoq bo’lib pishadi va ta’mi esa o’sha bolaligimizdagi rasstegaylarni eslatib yuboradi.

Bunday rasstegaylardan tayyorlab siz oila a’zolaringizning faqatgini olqishiga sazovor bo’lasiz!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 39 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

2 o'ram "Mali" xamirturushli xamiri
1-asosiga:
400 gramm qiyma
1 bosh piyoz
yarim bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
2-asosiga:
0.5 bosh karam
1 ta piyoz
1 dona qizil sabzi
100 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

1-asosini tayyorlaymiz: qiymani yog' solingan tovada qovurib olamiz. Ustidan mayda to'g'ralgan piyozni solib, birga ozroq qovuramiz. So'ng ko'k piyozni solib, tuz va murch sepamiz. Qopqog'ini yopib, past olovda 10 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

2-asosini tayyorlaymiz: to'g'ralgan piyozni yog' solingan tovada qovurib olamiz. Ustidanqirg'ichdan chiqarilgan sabzi va to'g'ralgan karamni solib, birga ozroq qovuramiz. So'ng suv quyib, tuz va murch sepamiz. Qopqog'ini yopib, past olovda 10 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirlarning har birini 6 ta teng bo'lakka bo'lamiz va aylana shakl beramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagini alohida-alohida 4-5 millilitr qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirlarning o'rtasiga 2 osh qoshiqdan asos solib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Rasstegaylarni tugib, patnisga teramiz va 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Tuxum sarig'i va ozroq suvni aralashtirib, rasstegaylar ustidan surtamiz.

Qadam 9
Tugllandi

170 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 o'ram "Mali" xamirturushli xamiri
1-asosiga:
400 gramm qiyma
1 bosh piyoz
yarim bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
2-asosiga:
0.5 bosh karam
1 ta piyoz
1 dona qizil sabzi
100 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta tuxum sarig'i
oldingi
Pastali grekcha salat
keyingi
Shaftolili muzqaymoq

Fikringiz